(30 Noyabr 2016) Tasviriy san’at – rassomlar hayolotining matoda ifodalangan olami bo’lib, u tomoshabinlarda xilma-xil tuyg’ularni uyg’otadi.
“O’zbekiston tasviriy san’atining XX asrdagi rivoji va xususiyatlari” – ayni shu mavzu Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti yosh olimlar Kengashining talabalar ilmiy-eksperimental konferensiyasi a’zolarining diqqat markazida bo’ldi.
Kengash a’zolari, institut o’qituvchilari hamda O’zbekiston Davlat san’at institutining rahbariyati rus rassomlari katta ta’sir o’tkazgan o’zbek rangtasvir san’atining xususiyatlarini muhokama qilishdi.
Ma’ruzachilarning aksariyati – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining talabalari bo’lib, ular o’z chiqishlarida 19-chi asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston tasviriy san’ati asosan rus rassomlari tomonidan taqdim etilganiga e’tibor qaratdilar. Ularning ijodida Markaziy Osiyoning tarixi va o’sha paytdagi davri, tabiati va turmushi o’z aksini topgan. O’z asarlarida Turkistondagi hayot va maishiy turmushini tasvirlagan birinchi rassom Vasiliy Vereщagin bo’lgan.U bir qancha asarlarida markaziy osiyolik xalq ustalarining badiiy mahoratini ko’rsatib bergan.
Konferensiyada ta’kidlanganidek, Aleksandr Volkov ijodi ham alohida e’tiborga munosib, uning hayoti va faoliyati Farg’ona bilan bog’liqdir. Volkov rus rassomlarining an’analariga rioya qilgan holda, fransuz kubistlarining tajribasini ham o’zlashtirgan. U rangtasvirda o’z uslubini topishga intilib, betakror rangtasvir usuli, o’ziga xos ritmika va sharqning boy rang-barangligini uyg’unlashtirishga harakat qilgan. 1916 yildan 1928 yilga qadar uning asarlarida choyxona, tuyalar karvoni va qadimiy shaharlar bosh mavzu bo’lgan edi.
Bu kabi konferensiyalar o’z asarlarining katta qismini O’zbekiston tabiati, turmushi va madaniyatini aks ettirishga bag’ishlagan rassomlar ijodi bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi.