Перейти к содержимому
РОО «Национально-культурная автономия узбеков Республики Татарстан»

РОО «Национально-культурная автономия узбеков Республики Татарстан»

Основное меню
  • Портал
  • Главная
  • Об организации
    • Руководство
    • Структура
    • Документы
    • Контакты
  • Новости
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
  • Гостевая
  • Главная
  • Новости
  • Qarshi shahrida targ‘ibot tadbirlari yakunlandi

Qarshi shahrida targ‘ibot tadbirlari yakunlandi

admin 14.09.2016

(14 сентября 2016) Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari Joriy yilning 6 – 10 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatidagi 131 ta umumta’lim maktablarida, 73 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda, 2 marta paxta dalalarida va 4 ta harbiy qismda yuqori saviyada o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «O‘zbekkino” milliy agentligi, «O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, «O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida 64 nafardan ziyod taniqli san’atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, «Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, ularda jami 51 646  nafar, shundan 51 296 nafar o‘quvchi talaba yoshlar, 200 nafar xarbiylar va 150 nafar paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan hasharchilarning ishtiroki ta’minlandi.

Qarshi shahrida targ‘ibot tadbirlari yakunlandi

Targ‘ibot tadbirlari o‘z navbatida estrada xonandalarining internetdagi «instagram”, «facebook”, «telegram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida onlayn ravishda yoritilib, 400 ming nafardan ziyod o‘quvchilarni qamrab olgan.

Uchrashuvlarda yurtimizning bugungi kunda barcha sohalarda qo‘lga kiritib kelayotgan ulkan yutuqlari, shu bilan birga, hozirgi murakkab zamonda yoshlarimiz ongini milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga har birimiz jiddiy yondoshishimiz lozimligi e’tirof etildi. Erkin munozara tarzida o‘tgan tadbirlarda aholi vakillari va yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topdilar.
Shunday qilib, targ‘ibot tadbirlari Qarshi shahrida yakunlandi va navbatdagi bekat – ko‘hna va navqiron Buxoro!
mcs.uz

Продолжить чтение

Назад: Паралимпиада: 8 медалей пополнили копилку Узбекистана
Далее: Хусан Ходжибаев из наманганского кишлака проехал на велосипеде свыше 500 км

Посольство Узбекистана в России

4W_bSTYHBEY


bn-of-rt bn-uslugi bn-ufms bn-anrussia bn-prch
 ДЛЯ СЛАБОВИДЯЩИХ
© РОО «Ассамблея народов Татарстана» Тел.: 8 (843) 237-97-99 E-mail: an-tatarstan@yandex.ru
ГБУ «Дом Дружбы народов Татарстана» Тел.: 8 (843) 237-97-90 E-mail: mk.ddn@tatar.ru
420107, г. Казань, ул. Павлюхина, д. 57